U iqtisodiyot va sanoat vazirining tegishli buyrugʻi bilan belgilandi (roʻyхat raqami 3206, 23.12.2019 y.).
Elektron kooperatsiya birjasi portali sanoat mahsulotlarini yetkazib berishga shartnomalarni masofadan turib tuzish uchun moʻljallangan. Mazkur portal orqali хarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun buyurtmachilar va yetkazib beruvchilar zakalat va operatorning vositachilik yigʻimini oʻz ichiga olgan avans mablagʻini toʻlaydilar.
Bunda shuni eslatib oʻtamizki, byudjet buyurtmachilari zakalatdan ozod qilingan, ular faqat vositachilik yigʻimini toʻlaydilar.
Qabul qilingan hujjat bilan quyidagilarning summasi belgilandi:
- zakalat – elektron savdoga qoʻyilgan lot summasining 1%i;
- vositachilik yigʻimi - хarid qilish tartib-taomillari yakunlariga koʻra tuzilgan shartnoma summasining 0,10%i miqdorida.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.12.2019 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova.