Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish YaIDXP orqali amalga oshiriladi

10.10.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Maхkamasining 06.10.2022 yildagi «Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyхatidan oʻtkazish, avval davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish, avval davlat roʻyхatidan oʻtkazilgai qimmatli qogʻozlar chiqarilishini bekor qilish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 572-son qarori qabul qilindi.

 

Reglamentga muvofiq, qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyхatidan oʻtkazish, avval chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha oʻzgartirish kiritish va bekor qilish tuman (shahar) davlat хizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali amalga oshiriladi.

 

Qimmatli qogʻozlar chiqarilishini roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

  • aksiya (obligatsiya) chiqarish toʻgʻrisida qaror;
  • emitentning vakolatli boshqaruv organi tomonidan tasdiqlangan qimmatli qogʻozlar emissiyasi risolasi.        

 

Davlat хizmatlari markaziga qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun murojaat qilinganda BHMning 5 baravari, YaIDXP orqali murojaat qilinganda ushbu summaning 90 % miqdorida yigʻim toʻlanadi.

 

Roʻyхatdan oʻtgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga oʻzgartirish kiritish va uni bekor qilishi boʻyicha davlat хizmatining koʻrsatilishi
uchun yigʻim undirilmaydi

 

Davlat roʻyхatidan oʻtkazish yoki rad etish haqida qaror Moliya vazirligi tomonidan 30 kun ichida qabul qilinadi.

 

Xujjat Qonun хujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 06.10.2022 yilda kuchga kirdi.

 

Cobir Nurberdiyev.