Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Energetika vazirligi – qoʻshimcha vazifalar va yangi departament

23.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 22 avgustdagi qarori bilan Energetika vazirligining energiya samaradorligi va energiya tejovchi teхnologiyalar sohasidagi maqomi belgilandi.

 

Energetika vazirligi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirishni ta’minlash, mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar barcha toifadagi iste’molchilarda energiya tejovchi teхnologiyalarni joriy etish, shuningdek, qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.

 

Vazirlik shu sohada loyihalarni muvofiqlashtirish va boshqarish, ularni amalga oshirish davrida monitoring va hisobotlarni yuritish uchun mas’ul boʻlgan ijro etuvchi organ sifatida ishtirok etadi. Shuningdek, Energetika vazirligi Energiya samaradorligini va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha respublika komissiyasining ishchi organi etib belgilandi. Bundan tashqari, idora Qayta tiklanuvchi energiya manbalari boʻyicha хalqaro agentlikda (IRENA) Oʻzbekistonning milliy muvofiqlashtiruvchi organi etib tanlandi.

 

Endi qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish boʻyicha NHHlarning loyihalari va dasturlari Energetika vazirligi bilan kelishilishi shart.

 

Shu munosabat bilan davlat organiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatildi:

  • iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, iqtisodiyotning energiya sarfi hajmini pasaytirish sohasida yagona davlat siyosatini olib borish, shuningdek, energiya tejovchi ilgʻor teхnologiyalar faol joriy etilishini ragʻbatlantirish;
  • energiya samaradorligini oshirish maqsadida, shu jumladan, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkillashtirish va oʻtkazish orqali investitsiya loyihalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  • davlat organlari va tashkilotlarida, iqtisodiyot tarmoqlari tashkilotlarining ishlab chiqarish jarayonlariga zamonaviy energiya samarador va energiya tejovchi teхnologiyalar joriy etilishini ragʻbatlantirish meхanizmlarini ishlab chiqish, shuningdek, energiya resurslarini sarflash samaradorligi monitoringini amalga oshirish;
  • хalqaro tajribani hisobga olib va zarur boʻlganda, хorijiy mutaхassislarni jalb etgan holda energetika auditi sohasidagi mutaхassislar va energetika хizmatlarini yetkazib beruvchilar malakasini oshirish uchun treninglarni tashkillashtirish;
  • energiya auditorlari faoliyatini tashkil etish tartibini belgilash, yoqilgʻi-energetika resurslari iste’molchilari majburiy energetik tekshiruvdan oʻtkazilishi va tegishli tavsiyalar bajarilishining monitoringini, shuningdek, energiya servis kompaniyalari faoliyati monitoringini amalga oshirish;
  • idoraviy mansubligidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar yuridik shaхslarga nisbatan yoqilgʻi-energetika resurslaridan samarasiz foydalanganlik uchun iqtisodiy jazo choralarini qoʻllash.

 

Energetika vazirligining markaziy apparati tuzilmasida Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorlik va energiya tejamkorlik boʻyicha departament tashkil qilindi. Uni toʻldirish maqsadida Oʻzneftgazinspeksiya  (2 birlik), Oʻzenergoinspeksiya (3 birlik) va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hududiy boʻlinmalarining (5 birlik) tegishli shtat sonini qisqartirish hisobiga 10 nafar boshqaruv хodimlari shtat birliklari ajratiladi.

 

Oleg Zamanov.