Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Yengil konstruksiyali issiqхonalar oʻrnatish uchun beriladigan subsidiyalar miqdori oʻzgartirildi

08.05.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 01.05.2024 yildagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida 255-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan yengil konstruksiyali issiqхonalar oʻrnatish, urugʻliklar, koʻchatlar va sugʻorish vositalari хarid qilish uchun subsidiya faqat tomorqa yer egasiga ajratilishi haqidagi talab bekor qilindi. Tegishli oʻzgartirishlar Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3,6 va 7-bandlariga kiritildi. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan bandlarning yangi tahririda “talabgor” termini ishlatilgan.

 

Bundan tashqari, yengil konstruksiyali issiqхonalar oʻrnatish, urugʻliklar, koʻchatlar va sugʻorish vositalari хarid qilish uchun beriladigan subsidiyalar miqdori bekor qilindi. Endi subsidiya miqdori Agentlikning hududiy boshqarmasi, yetkazib beruvchi tashkilot va talabgor oʻrtasida tuzilgan uch tomonlama shartnoma shartlariga bogʻliq boʻladi. Tegishli oʻzgartirish Nizomning 3-bandiga kiritilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 02.05.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova