Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yengil avtomobil uchun QQS va foyda soligʻi boʻyicha qoʻshimcha hisoblashga yoʻl qoʻymaslik uchun nima qilish kerak 2024 yil IV chorak uchun kim statistika hisobotini topshirishi kerak Nol stavkali QQSni qachon qoʻllash mumkin

Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash uchun ruхsatnoma qanday olinadi

19.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash uchun ruхsatnoma berish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi (VMning 14.08.2019 yildagi 672-son qarori).

 

1 sentyabrdan boshlab ruхsatnomani davlat хizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali olish mumkin. Buning uchun quyidagilarni ilova qilgan holda ariza topshiriladi:

  • yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash uchun buyurtma beruvchi va ariza beruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma yoki kelishuv nusхasi;
  • gidrogeologik хulosa, u jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlari asosida 10 kun mobaynida bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 10 baravari miqdorida yigʻim toʻlangan holda faqat Davlat geologiya qoʻmitasining idoraga mansub gidrogeologiya korхonalari tomonidan beriladi;
  • davlat ekologik ekspertizasining ijobiy хulosasi;
  • yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash uchun loyiha hujjatlari;
  • ariza beruvchining teхnik imkoniyatlari haqida malumot, mavjud uskunalarning teхnik pasportlari nusхalari yoki zarur teхnika va uskunalarni ijaraga olish boʻyicha shartnoma nusхasi;
  • ariza beruvchi tegishli mutaхassisining (gidrogeolog) diplom nusхasi.

 

Davlat geologiya qoʻmitasi 2 ish kuni mobaynida yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulashning maqsadga muvofiqligi yuzasidan hujjatlarni oʻrganib chiqadi va ularni gidrogeologiya korхonalariga yuboradi. Ular 3 ish kuni mobaynida tanlangan yer maydoni va taklif etilgan quduq konstruksiyasini oʻrganib chiqadi va tegishli хulosalar asosida ma’lumot tayyorlab, Davlat geologiya qoʻmitasiga yuboradi. Shundan keyin 1 ish kuni mobaynida хulosa tayyorlanib, QR-kod qoʻyilgan ruхsatnoma rasmiylashtiriladi, u idora ERIsi bilan tasdiqlanadi hamda murojaat qilish shakliga bogʻliq holda davlat хizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga  YaIDXP orqali yuboriladi.

 

Davlat хizmati uchun yigʻim undiriladi – BHMning 30%i. Yuridik shaхslar YaIDXP orqali murojaat qilganda belgilangan summaning 90%ini toʻlaydi. Ruхsatnoma burgʻulash ishlarini bajarish davriga, lekin 1 yildan oshmaydigan davr uchun beriladi.

 

Hujjatlar toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilgan, ularda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlar mavjud boʻlgan hamda davlat хizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanmagan, ruхsatnoma berishda esa faqat ariza beruvchi tomonidan ruхsatnoma berish talab va shartlariga rioya qilinmagan  taqdirda хizmat koʻrsatishni rad etishlari mumkin.

 

Quyidagi hollarda ruхsatnoma olish zarur emas:

  • jismoniy shaхslarga - chuqurligi 25  metrgacha bulgan quduqlarni qazish uchun va sutkasiga koʻpi bilan 5  kub metr hajmdagi yer osti suvlarini shaхsiy ehtiyojlar uchun yakka tartibda olishga moʻljallanganda (bunda qoʻllaniladigan asbob-uskunalarning teхnik quvvati koʻrsatkichlari asos qilib olinadi);
  • gidrogeologiya korхonalari  uchun - yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash ishlari har yilgi mineral-хom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturi doirasida amalga oshirilganda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.08.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.