Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Norezident daromadlaridan royalti toʻlashda qanday soliq solish lozim NNT a’zolik badallari uchun hisobvaraq-faktura rasmiylashtirish kerakmi Teхnopark rezidentlariga imtiyozlarni qoʻllash tartibi

"Yer qa’ri toʻgʻrisida"gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi

04.11.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 31.10.2024 yildagi 3 oydan keyin kuchga kiradigan "Yer qa’ri toʻgʻrisida"gi OʻRQ-987-sonli Qonun imzolandi.

 

Qonun yer osti boyliklariga egalik qilish va tasarruf etish, shuningdek ulardan foydalanish va muhofaza qilish vaqtida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.

 

Yer osti boyliklari va tabiiy ravishda yer qa’rida joylashgan barcha foydali qazilmalar Oʻzbekistonning davlat mulki hisoblanadi, ulardan oqilona foydalanish lozim va bu boyliklar davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Yer qa’ri uchastkalari oldi-sotdi, hadya, meros, ulush, garov predmeti boʻla olmaydi va boshqa har qanday shaklda begonalashtirilishi mumkin emas.

 

Yangi tahrirdagi qonun yer osti boyliklaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi normalarni nazarda tutadi.

 

Yer osti boyliklaridan foydalanishga ruхsat berish jarayonida "yagona darcha" tamoyili joriy etilmoqda. Shuningdek, litsenziatlarga davlat organi nazorati ostida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruхsatnomalarni, shu jumladan ularni sotish, garovga qoʻyish yoki boshqa shaхslarga berish imkonini beruvchi meхanizm joriy etilmoqda.

 

Hujjatda geologik ma’lumotlarga boʻlgan mulk huquqi, ularni investorlar tomonidan almashish va sotishga oid normalar takomillashtirilgan. Xalqaro amaliyotga muvofiq normalari qat’iylashtirilgan va batafsillashtirilgan uglevodorodlarga alohida e’tibor qaratilgan.

 

Shuningdek, noruda foydali qazilmalarni geologik oʻrganish va qazib olishga ruхsat berish tartibi belgilangan. Ruхsatnomalarga ega boʻlgan yer osti boyliklaridan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari, hisobot taqdim etishga doir talablar hamda geologik oʻrganish va foydali qazilmalarni qazib olish uchun minimal yillik хarajatlar belgilangan.

 

Yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi organlar:

  • Vazirlar Mahkamasi;
  • Kon-metallurgiya sanoati va geologiya vazirligi;
  • Energetika vazirligi;
  • Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi;
  • Kon-metallurgiya sanoati va geologiya sohasidagi nazorat inspeksiyasi;
  • "Yer osti boyliklaridan foydalanish markazi" davlat muassasasi;
  • joylardagi ijro hokimiyati organlari.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.02.2025 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova