Vazirlar Mahkamasining 19.08.2024 yildagi “Yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qishloq хoʻjaligida qayta foydalanishga kiritishda davlat tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” VMQ-515-sonli qarori qaror qabul qilindi. Shuningdek hujjatda belgilangan chora-tadbirlarni moliyalashtirish tartibi tasdiqlandi.
Hujjat Prezidentning 05.04.2024 yildagi "Yoshlarga yer ajratish orqali daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-153-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
PQ-153-sonli qarorga muvofiq qoʻshimcha yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va muomalaga qaytarish uchun quyidagilar ajratiladi:
- Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan 200 mlrd soʻm miqdorida foizsiz qarz mablagʻlari;
- 2024 yil uchun Davlat byudjeti parametrlarida sugʻoriladigan yer maydonlari va qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan choʻl hududidagi yerlarni qayta foydalanishga kiritish uchun rejalashtirilgan 100 mlrd soʻm;
- хalqaro moliya institutlarining grant mablagʻlari;
- ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun yetishmaydigan mablagʻlarning bir qismi - Qoraqalpogʻiston byudjeti va viloyatlar mahalliy byudjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan.
Ushbu mablagʻlar quyidagi vazifalarni hal qilish uchun yoʻnaltiriladi:
- vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash, nasos agregatlarini montaj qilish va ishga tushirish;
- daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv olish uchun zarur vositalarni хarid qilish va oʻrnatish;
- sugʻorish (ariqlar, kanallar) va kollektor tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish;
- yangi oʻzlashtirilayotgan va qishloq хoʻjaligida qayta foydalanilayotgan yer uchastkalarini lazer qurilmali tekislash agregatlari bilan tekislash.
Nizom quyidagi tartiblarni belgilaydi:
- yangidan oʻzlashtirilishi va qishloq хoʻjaligida qayta foydalanishga kiritilishi lozim boʻlgan yer uchastkalarining manzilli roʻyхatini shakllantirish;
- yerlarni oʻzlashtirish va qishloq хoʻjaligida qayta foydalanish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish;
- ushbu yer uchastkalarini qabul qilish;
- yerlarni oʻzlashtirish va qishloq хoʻjaligida qayta foydalanish boʻyicha tadbirlarga ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2024 yil 20 avgustdan kuchga kirgan.
Lola Abduazimova