Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Yoshlar tadbirkorlikka qanday jalb qilinadi

24.12.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 21.12.2021 yildagi “Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va ularning biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 765-son qarorni qabul qildi.

 

Prezidentning «Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» 2021 yil 13 iyuldagi PF-6260-son Farmoniga muvofiq «Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJga yoshlarning yangi gʻoyalar asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish vazifasi yuklatilgan.

 

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan Milliy bankka 7 yil muddatga uch yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz bandga past stavkada $100 mln ekvivalenti miqdorida mablagʻ ajratildi.

 

Ushbu mablagʻlardan 2022-2024 yillarda yosh tadbirkorlarning yangi biznes loyihalari uchun kreditlar quyidagi shartlarda ajratiladi:

  • kredit summasi BHMning 1 000 baravaridan 2 000 baravarigacha;
  • muddati — 7 yil, imtiyozli davr — 3 yil;
  • foiz stavkasi — Markaziy bankning asosiy stavkasi boʻyicha (14%).

 

Kreditlar ajratish uchun Yoshlar ishlari agentligi, SSP va banklar tomonidan tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan yoshlar roʻyхati shakllantiriladi.

 

Bundan tashqari, yoshlar oʻrtasida biznes koʻnikmalarini shakllantirish va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha bepul oʻquv amaliy kurslari, shu jumladan onlayn tarzda tashkil etiladi.

 

Kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga sertifikat taqdim etiladi va ular tomonidan oʻz biznesini tashkil etish uchun yuqorida koʻrsatilgan shartlarda kreditlar ajratiladi.

 

Loyihani amalga oshirish uchun TIF milliy banki filialiga ariza berish zarur va unga muvofiq kredit ajratiladi yoki ariza asoslantirilgan tarzda rad etiladi.

 

Kreditlar quyidagi maqsadlarga ajratilmaydi:

  • avval olingan qarzlarni qaytarishga;
  • alkogol va tamaki mahsulotlarini, shuningdek, chilim va elektron sigaretalarni ishlab chiqarishga;
  • savdo-vositachilikni amalga oshirishga;
  • umumiy ovqatlanish tashkilotlarining aylanma mablagʻlarini shakllantirishga;
  • ta’mirlash-qurilish ishlariga, shu jumladan savdo ob’yektlari va umumiy ovqatlanish ob’yektlarini tashkil etishga;
  • ishlab chiqarish maqsadlaridan tashqari хarajatlar, shu jumladan ma’muriy хarajatlarni toʻlash va хizmat avtotransport vositasini sotib olishga;
  • lotereyalarni tashkil etishga.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.