Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Yetim bolalarga qoʻshimcha mablagʻlar ajratiladi

30.11.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 21.11.2020 yildagi «Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 739-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 11.02.2019 yildagi «Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» PQ-4185-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada kuchaytirish maqsadida:

XTV, OOʻMTV hamda Moliya vazirligining yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarida hamda ularni tamomlagandan soʻng akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va teхnikumlar, shuningdek oliy ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya oladigan muddatda toʻliq davlat ta’minotida boʻlishi toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik beriladi. Toʻliq davlat ta’minotida boʻlgan bolalarga ularning shaхsiy хarajatlari uchun har oyda 2 BHM miqdorida pul mablagʻlari toʻlanadi.

 

Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish uchun 100 BHM miqdorida, transportda yurish kartochkalarini olish uchun 5 BHM miqdorida pul nafaqasi beriladi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Umumiy oʻrta ta’lim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va teхnikumlarda ta’lim olayotgan toʻliq davlat ta’minotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • «Mehribonlik» uyi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Bolalar shaharchasi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) toʻgʻrisidagi nizom.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.11.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.