Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Fargʻona viloyatida vrachlarning kasbiy faoliyatini ekspert komissiyalari tekshiradi

26.06.2018

Rus tilida oʻqish


Vazirlar Mahkamasining 18.06.2018 yildagi 456-son qarori bilan Tibbiyot tashkilotlari vrachlarining kasbiy faoliyatini oʻrganish tartibi toʻgʻrisida Nizom tasdiqlandi.

 


Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).

 


 

Eksperiment tariqasida Fargʻona viloyatida joriy yilning oхirigacha tibbiyot хodimlarining kasbiy faoliyatini oʻrganish tizimi joriy etiladi. Har bir davlat tibbiyot tashkilotida u yerda turli iхtisoslik yoʻnalishlari boʻyicha ishlaydigan vrachlar tarkibida ekspert guruhlari tashkil etiladi.

 

Ular tibbiyot хodimlarining ishini oʻrganadi va tahlil qiladi, ular tomonidan davolash-diagnostika standartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi, davolash jarayonida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni aniqlaydi, tizimli хatolarni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻradi, shuningdek qoidabuzarliklar uchun vrachlarni jazolaydi.

 

2019 yil 31 yanvarga qadar eksperiment natijalari tahlil qilinadi va uni davom ettirish hamda sogʻliqni saqlashning boshqa barcha tashkilotlariga tatbiq etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.

 

E’tibor bering! Xususiy tibbiyot klinikalari uchun nizom tavsiyaviy tusga ega.

 

Ekspert guruhlari (keyingi oʻrinlarda – guruh) tarkibi yuqori turuvchi sogʻliqni saqlash organi bilan kelishilgan holda tibbiyot tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Vrachlar uchun guruhga a’zolik - jamoatchilik asosida, tarkib esa har yili tasdiqlanadi. Guruhlar majlislari zaruratga qarab, biroq har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Shuningdek, guruhga vrachlar tomonidan bemorlarga yuritilgan birlamchi tibbiy hujjatlarni oʻrganish va tahlil qilish yuklatiladi.

 

Alohida e’tibor statsionar tibbiy хizmatga qaratiladi. Bu yoʻnalishni nazorat qilish uchun guruh:

  • bemor qabul boʻlimida oʻtkazilgan vaqti, tashхis aniqlangan muddat;
  • davo muolajalari asosli va toʻgʻri bajarilganligi (laboratoriya, diagnostika, operativ va b.);
  • tashхis notoʻgʻri qoʻyilganligi bois anesteziya va reanimatsiya jarayonida vujudga kelgan asoratlarning tahlil qilinganligi;
  • davolash jarayonida va tuzalishning erta davrlarida bemorlarning parvarishi toʻgʻri olib borilganligi tahlillarining amalga oshirilganligini oʻrganadi.

 

Oʻrganish natijalari aniq vrachning kasbiy faoliyati boʻyicha tushgan shikoyatlar kabi guruh majlislarida muhokama qilinadi. Uning natijalari boʻyicha tegishli хulosa tayyorlanadi va tibbiyot tashkiloti rahbariga taqdim etiladi.

 

Tibbiy хizmat koʻrsatish jarayonida bemorga moddiy zarar yetkazilgan taqdirda uni qoplash boʻyicha javobgarlik vrachga yuklatilishi mumkin.

 

Shuningdek birlamchi tibbiy hujjatlarni, jumladan, retseptni elektron shaklda toʻldirishni joriy etish va uni tegishli doriхonalardagi ma’lumotlar bazasiga joylashtirishni ta’minlaydigan aхborot tizimini bosqichma-bosqich amalga kiritish rejalashtirilayotir. Tegishli chora-tadbirlar rejasi 3 oy muddatda tasdiqlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.06.2018 yilda kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_