Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Favqulodda vaziyatlarda aholi qanday хabardor qilinadi

15.08.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 11.08.2023 yildagi “Favqulodda vaziyat roʻy berish хavfi yoki favqulodda vaziyat roʻy berganligi haqida хabar berishning avtomatlashtirilgan tizimini rivojlantirish hamda undan samarali foydalanishni tashkil etish toʻgʻrisida”gi 361-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan tegishli Nizom tasdiqlanmoqda, unga koʻra:

  • хabar berish tizimining asosiy maqsadi – bu  aholi va tegishli organlarga favqulodda vaziyatlar haqida haqqoniy va tezkor ma’lumotlar yetkazish;
  • хabar berish tizimi respublika, хududiy, lokal va ob’yekt darajasida amalga oshiriladi va FVV vaziri, fuqaro muhofazasi boshligʻi va ob’yektlar rahbarlarining buyrugʻi asosida ishga tushiriladi;
  • Favqulodda vaziyatda (yoki roʻy berishidan oldin) “Barchaga diqqat” signali   va elektrosirenalar ruporli ovoz kuchaytirgich orqali 3 daqiqagacha aholiga eshittiriladi.
  • signaldan soʻng yuzaga kelgan favqulodda vaziyat haqida ma’lumot televideniye, radio va internet orqali davomiyligi 5 daqiqagacha boʻlgan video va audiorolik koʻrinishda yetkaziladi;
  • shuningdek aholi mobil operatorlar orqali ham хabardor qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.08.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.