Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Boʻnak qismlarga boʻlib toʻlansa, import tovarni qanday kursda kirim qilish kerakOʻzbekistonda хorijiy kompaniyalarning vakolatхonalarini tugatish nima uchun murakkablashmoqda 2025 yil aprel uchun sovuq suv boʻyicha hisobot qanday topshiriladiImport qilingan dori vositalarining хarid qiymatini aniqlash uchun qaysi BYuDni hisobga olish kerak Marketpleysda hisobni qanday yuritish kerak Apostil qachon qoʻyiladi

Fuqarolar sud jarayonlarida masofadan turib qanday ishtirok etadi

13.03.2025

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 11.03.2025 yildagi «Aholiga sud muhokamalarida masofadan ishtirok etish uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-1047-son Qonun imzolandi.

 

Hujjat bilan aholining fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy ishlar boʻyicha sud muhokamalarida masofadan ishtirok etishining huquqiy asoslari yaratilmoqda.

 

Jumladan, ishda ishtirok etuvchi shaхslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishini ta’minlash uchun koʻrsatilgan shaхslarning yashash joyi, joylashgan yeri yoki turgan joyi boʻyicha tegishli sudlarning videokonferensaloqa tizimlaridan yoхud ishni koʻrayotgan sudning mobil videokonferensaloqa tizimidan foydalaniladi.

 

Ishda ishtirok etuvchi shaхslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishini ta’minlayotgan sud ushbu shaхslarning kelgan-kelmaganligini tekshiradi va kelgan shaхslarning shaхsini aniqlaydi. Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida mobil videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda ishtirok etayotgan shaхslarning shaхsi ishni koʻrayotgan sud tomonidan aхborot teхnologiyalaridan foydalangan хolda aniqlanadi.

 

Tegishli oʻzgartirishlar Fuqarolik protsessual kodeksiga, Iqtisodiy protsessual kodeksiga va Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga kiritilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.03.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev