Prezident tomonidan 26.12.2022 yildagi “Mahalla byudjeti» tizimini joriy etish orqali mahallalarning moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-458-son Qaror imzolandi.
Hujjatga muvofiq, 2023 yilning 1 yanvaridan huquqiy eksperiment doirasida respublika хududlarining 14 ta tumanida “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etiladi.
Eksperiment doirasida mazkur tumanlarda mol-mulk va yer soligʻi (noturar joylar boʻyicha mol-mulk va yer soligʻi bundan mustasno) boʻyicha undirilgan mablagʻlarning 10% hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha tuman byudjetlari orqali ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladi.
Jamgʻarmalarga kelib tushgan mablagʻlar fuqarolar yigʻini kengashlari tomonidan boshqariladi. Bunda kengashlarga hokim yordamchilari ham kiritiladi.
Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.12.2022 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev.