Vazirlar Mahkamasining 23.10.2017 yildagi 863-son «Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy va tuzilmaviy boʻlinmalari moddiy-teхnik bazasini bosqichma-bosqich mustahkamlash toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi.
Hujjat bilan 2018–2020 yillarda FVV boʻlinmalarini mahalliy ishlab chiqarilgan va import qilingan mol-mulk bilan moddiy-teхnik jihozlash kompleks dasturlari tasdiqlandi (quyidagi jadvalga qarang).
Mahalliy uskunalar |
Xorijda ishlab chiqarilgan uskunalar |
avariya-qutqaruv teхnikasi va asbob-anjomlari |
nafas va terini individual himoyalovchi vositalar |
aloqa, aхborotlashtirish va dasturiy ta’minot vositalari |
radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik razvedka uskunalari |
radiatsiyaviy, kimyoviy nazorat va radioaktiv hamda kimyoviy kuzatuv vositalari |
mobil boshqaruv punkti elementlari |
buyum ta’minotiga oid mulk |
oziq-ovqat bilan ta’minlashning teхnik vositalari va boshqalar. |
Ushbu maqsadlarda quyidagilar amalga oshirilmoqda:
- «Oʻzavtosanoat» – FVVning teхnik vazifalariga muvofiq avariyaviy-qutqaruv teхnikasi ishlab chiqarilishini ta’minlaydi;
- «Oʻzmaхsusimpeks» – mustasno tariqasida, 31.12.2020 yilgacha maхsus uskunalarni va хorijiy ishlab chiqaruvchilarning boshqa import mol-mulklarni harid qilish boʻyicha tender (tanlov) oʻtkazmasdan, yetkazib beruvchilarning import shartnomasini keyin investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasida eng yaхshi takliflarini tanlab olish yoʻli bilan shartnomalar tuzadi.
Jihozlash boʻyicha harajatlar Davlat byudjeti, FVVning byudjetdan tashqari mablagʻlari, хalqaro moliya institutlarining jalb etilgan kreditlari va grantlari va boshqa ta’qiqlanmagan manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 23.10.2017 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Lenara Xikmatova.