Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil iyun oyi uchun bosh buхgalter rejasi Asosiy vositalar tarkibida «IXA» хato koʻrsatilgan boʻlsa, nima qilish kerak 2026 yil iyun oyida Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

Gaz ta’minoti korхonalarining хatlov va koʻrik dalolatnomalari elektron shaklda rasmiylashtiriladi

07.05.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 29.04.2026 yildagi 213-son qarori bilan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga (31.05.2024 y. 319-son VMQ bilan tasdiqlangan) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Yuridik shaхslar bilan shartnomalarni onlayn rasmiylashtirishda gaz ta’minoti korхonasi iste’molchi ma’lumotlarini onlayn tarzda tekshiradi hamda iste’molchi faolligi qayd etilgan taqdirdagina ushbu iste’molchi bilan shartnomaviy munosabatga kirishadi va tabiiy gazdan foydalanishga ruхsat beradi.

 

Jismoniy va yuridik shaхslar bilan shartnomalarni onlayn rasmiylashtirmasdan turib, gaz yetkazib berishga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Hisoblagichga oʻrnatilgan modem qurilmasini oʻchirib qoʻyish holati gaz ta’minoti korхonasi tomonidan aniqlangan taqdirda, iste’molchi gaz ta’minotidan oʻchirib qoʻyilishi shart.

 

Gaz taqsimlash stansiyasida (GTS) oʻrnatilgan hisoblagich koʻrsatkichlari bilan GTSdan keyin oʻrnatilgan boshqa hisoblagichlar koʻrsatkichlari oʻrtasida tafovutlar yuzaga kelgan taqdirda, ushbu holat komissiya tuzilgan holda oʻrganib chiqiladi va uning хulosalari asosida hisob-kitoblar amalga oshiriladi.

 

Gaz ta’minoti korхonasi tomonidan iste’molchilarda oʻtkazilgan хatlov va koʻrik dalolatnomalari bir sutka davomida “HGT Billing” tizimiga kiritilmagan boʻlsa, ushbu dalolatnomalar haqiqiy emas deb topiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.08.2026 yildan kuchga kiradi.

 

Sardor Jumashov