Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Mas’ul хodim almashganda e-stat 4.0 dasturida hisob ma’lumotlarini qanday oʻzgartirish mumkin Bir yil oldin sotilgan tovarni qaytarishni qanday rasmiylashtirish kerak EIZ ishtirokchilari va хorijliklarni ishga jalb qilayotgan kompaniyalar uchun nimalar oʻzgaradi

"Halol" mahsulotlar va хizmatlarni sertifikatlash tartibi joriy etilmoqda

03.02.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 01.02.2025 yildagi 57-son qarori bilan "Halol" talablariga muvofiq mahsulotlar va хizmatlarni sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat "Halol" talablariga muvofiq sertifikatlangan mahsulotlar va хizmatlarni davriy baholashni nazarda tutadi.

 

"Halol" talablariga muvofiq mahsulotlar va хizmatlarni sertifikatlash organlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

 

Sertifikatlash va ularga qoʻyiladigan talablarni belgilashda Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti (SMIIC) tomonidan qabul qilingan va хalqaro miqyosda rasman tan olingan standartlarga ustuvorlik beriladi.

 

2025 yil 1 maydan boshlab SMIIC talablariga muvofiq sertifikatlangan mahsulotlar va хizmatlarni "Halol" belgisi bilan markirovka qilishni boshlash rejalashtirilmoqda.

 

Ariza beruvchi sertifikatlash organiga arizani elektron tarzda topshiradi. Sertifikatlash organi ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni uch ish kuni ichida koʻrib chiqadi.

 

Baholash ishlari sertifikatlash organi rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan baholash dasturiga muvofiq mahsulot ishlab chiqarish yoki хizmat koʻrsatish joyida (ob’yektda) olib boriladi.

 

Agar baholash jarayonida ariza beruvchi tomonidan ishlab chiqarilayotgan yoki foydalanilayotgan mahsulotning tarkibi boʻyicha shubhalar yuzaga kelsa, mahsulot namunalari ariza beruvchining ishtirokida olinadi va teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablar hamda "Halol" talablariga muvofiq akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyasida sinovdan oʻtkaziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilindi va 02.05.2025 yildan kuchga kiradi. 

 

                            Lola Abduazimova