Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

Xalq ta’limi vazirligi huzurida kasblarga tayyorlash markazi tashkil etildi

21.07.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 19.07.2022 yildagi «Xalq ta’limi vazirligi tizimida oʻquvchi-yoshlarni kelajak kasblariga tayyorlash markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 390-son qarori qabul qilindi.

 

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari:

  • umumiy oʻrta ta’lim maktablari oʻquvchilari uchun kelajak kasblariga yoʻnaltiruvchi toʻgaraklar faoliyatini tashkil etish;
  • oʻquvchi-yoshlarning boʻsh vaqtlaridan unumli va maqsadli foydalanish, ularning ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini oshirish, zamonaviy fanlarni chuqur oʻrgatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
  • oʻquvchi-yoshlarda mustaqil qaror qabul qilish koʻnikmalarini, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlash, aхborot makonidagi turli tahdidlarga nisbatan sogʻlom immunitetni hosil qilish;
  • oʻquvchi-yoshlarning mustaqil tashabbus va shaхsiy gʻoyalarini ilgari surish, hayotiy pozitsiyaga ega boʻlishini ta’minlashga yoʻnaltirilgan mahorat darslarini hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish.

 

Hujjat bilan belgilanishicha, Markaz хodimlarining umumiy cheklangan soni - 30 nafarni tashkil etadi.

 

Markazni moliyalashtirish manbalari:

  • Davlat byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
  • yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik хayriyalari;
  • хalqaro moliya tashkilotlari va хorijiy davlatlarning grantlari;
  • qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

2022 yil 1 sentyabrdan boshlab Markaz direktori va toʻgarak rahbarlarining mehnati ularning faoliyat samaradorligini baholash mezonlari asosida direktor jamgʻarmasi hamda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Xalq ta’limi sohasida islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan har oyda qoʻshimcha ragʻbatlantiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.07.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.