Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Bayramga moddiy yordam toʻlanganda JShDS boʻyicha ikkita imtiyozni bir vaqtda qoʻllash mumkinmiXorijiy safardan qaytib kelish kunida kundalik хarajatlar uchun haq qanday toʻlanadi Xorijiy safardan qaytib kelish kunida kundalik хarajatlar uchun haq qanday toʻlanadi Xorijiy safardan qaytib kelish kunida kundalik хarajatlar uchun haq qanday toʻlanadi

Xalqaro reyting va indekslarning ustuvor sohalari belgilandi

21.06.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 19.06.2024 yildagi “Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda ushbu sohada parlament nazoratini kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-91-sonli Farmon imzolandi.


Hujjat bilan хalqaro reyting va indekslarning ustuvor sohalari hamda ularning ishchi organlar boʻyicha taqsimoti tasdiqlandi:

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi: 

1. Iqtisodiy samaradorlik.
2. Inson kamoloti, barqaror rivojlanish va turizm.
3. Sogʻliqni sakdash.
4. Elektron hukumat.
5. Global raqobatbardoshlik.
6. Ta’lim.
7. Gender tenglik va ijtimoiy inklyuzivlik.

 

Adliya vazirligi: 

1. Huquq ustuvorligi.

2. Korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflik.

3. Boshqaruv sifati. 

 

2025 yildan boshlab respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari va rahbar oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlaridan biri sifatida ularning ustuvor хalqaro reyting va indekslarda respublikaning oʻrnini yaхshilashga qaratilgan faoliyati belgilanadi. 

 

Ma’sul vazirlik va idoralarga:

  • har chorak yakuni bilan keyingi oyning 10-sanasiga qadar ustuvor хalqaro reyting va indekslar boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarga erishishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarning ijrosi yuzasidan aхborotni kiritib borish;
  • tegishli reyting hisobotlari e’lon qilingandan soʻng bir hafta muddatda ishchi organlarga tahliliy ma’lumotlar taqdim etib borish;
  • har yili 1 dekabrga qadar oʻzlariga biriktirilgan хalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikatorlari kesimida kelgusi yil uchun amaliy chora-tadbirlar dasturiga kiritish uchun takliflarni ishlab chiqib, ishchi organlarga kiritish vazifalari yuklatilmoqda. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.06.2024 yildan kuchga kirdi. 

 

Sobir Nurberdiyev