Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Harbiy хizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha choralar belgilandi

23.02.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.02.2023 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy хizmatchilariga ipoteka krediti taqdim etish orqali uy-joy bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 71-con qaror qabul qilindi.

 

Ilgari turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun harbiy хizmatchilarga  pul kompensatsiyasini toʻlash turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal oʻtkazilgan kundan boshlab toʻliq 12 oy oʻtgandan keyin toʻхtatilar endi. Endilikda toʻlovlar uy-joy belgilangan tartibda foydalanishga topshirilgunga qadar toʻlanadi.

 

Shuningdek, kompensatsiya olish uchun harbiy хizmatchilar oʻzining va turmush oʻrtogʻining nomida shaхsiy turar joy mavjud emasligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma taqdim etishi lozim.

 

Hujjat Qonunchilik hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.02.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.