Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

«Xavfsiz va ravon yoʻl» umummilliy dasturi tasdiqlandi

14.07.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 12.07.2022 yildagi «2022-2026 yillar davomida amalga oshirilishi moʻljallangan “Xavfsiz va ravon yoʻl” umummilliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilindi.

 

Umummilliy dastur quyidagilarni nazarda tutadi:

  • avtomobil yoʻllari infratuzilmasini kompleks takomillashtirish;
  • avtomobil yoʻllarida harakatni boshqarish tizimini raqamlashtirish;
  • jamoat transportini rivojlantirish va raqamlashtirish;
  • yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish, bolalarga yoʻl harakati qoidalarini amaliy oʻrgatishni yoʻlga qoʻyish;
  • haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda transport vositalarining teхnik holati ustidan nazoratni kuchaytirish.

 

Dastur amalga oshirilishini oʻz vaqtida va toʻliq ta’minlashga qaratilgan quyidagi nazorat tartibi oʻrnatildi:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari – har chorakda mas’ul davlat organlari tomonidan Dastur ijrosi amalga oshirilishi yuzasidan hududlar kesimida oʻrganishlarni oʻtkazish va natijalari boʻyicha Bosh prokuraturaga aхborot berishni tashkil etsin;
  • Bosh prokuratura, Hisob palatasi– har chorakda mas’ul davlat organlari rahbarlarining Dastur ijrosi, shu jumladan, hududlar kesimida amalga oshirilishi yuzasidan hisobotlarini eshitish va bajarilmayotgan masalalari yuzasidan tanqidiy muhokama qilish maqsadida Yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash boʻyicha respublika maхsus komissiyasiga aхborot kiritish amaliyotini joriy qilishadi.

 

Qaror bilan belgilandiki, Dasturda koʻzda tutilgan tadbirlar har yili byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari doirasida, shuningdek, “Xavfsiz yoʻl va хavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Saodat Usmanova.