Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Himoya orderini berish soddalashtirildi

28.08.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 26.08.2024 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga tazyiq va zoʻravonlik qurboni boʻlgan хotin-qizlarga himoya orderi berish tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi 529-sonli qarori qabul qilindi.

 

Oʻzgartirish va qoʻshimchalar quyidagilarni nazarda tutadi:

  • tazyiq va zoʻravonlikka uchragan ayollarga himoya orderini YaIDXP orqali berish;
  • himoya orderini elektron shaklda berish;
  • himoya orderini berish jarayonini avtomatlashtirish;
  • himoya orderini profilaktika inspektori tomonidan tashabbus tartibida berish.

 

Hujjatda himoya orderi profilaktika inspektori tomonidan tazyiq va zoʻravonlik holati yoki ularning yuzaga kelish хavfi aniqlangan paytdan boshlab 24 soat ichida berilishi belgilangan. Bunda YaIDXP orqali himoya orderini rasmiylashtirish va berish bepul amalga oshiriladi.

 

2024 yil 1 dekabrdan boshlab bir kalendar yili davomida ikki va undan ortiq marta tazyiq va zoʻravonlik holati aniqlanganda, himoya orderi profilaktika inspektori tomonidan uning tashabbusi bilan beriladi.

 

Vazirlar Mahkamasining 04.01.2020 yildagi "Ayollarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 3-sonli qaroriga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2024 yil 27 avgustdan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova