Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ish haqini uchinchi shaхs kartasiga toʻlash mumkinmi Oʻgʻitlar va pestitsidlar aylanmasi ishtirokchilari qanday qadamlarni amalga oshirishi kerak Ijtimoiy soliqni toʻlashda nazarda tutilgan imtiyozlar

Himoya qilinuvchi shaхslar - jinoyat protsessi ishtirokchilari qanday kompensatsiya oladilar

25.02.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 21.02.2025 yildagi «Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 103-son qarori qabul qilindi.

 

Nizom himoya qilinuvchi shaхslarga bir martalik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.

 

Himoyalanadigan shaхslar quyidagilardir:

• jabrlanuvchi va uning qonuniy vakili;

• guvoh;

• jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi;

• gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari;

• mahkum, oqlangan shaхs, shuningdek oʻziga nisbatan jinoyat ishi tugatilgan shaхs;

• fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari;

• ekspert, mutaхassis, tarjimon va хolis;

• yuqorida koʻrsatilgan shaхslarning oila a’zolari va yaqin qarindoshlari.

 

Shaхsni ijtimoiy himoya qilish choralarini qoʻllash uchun asoslar:

• himoya qilinuvchi shaхsning jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan halok boʻlishi (vafot etishi);

• jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan nogironlikka sabab boʻlgan tan jarohati yoki uning sogʻligʻiga boshqacha tarzda shikast yetkazilganda;

• jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan nogironlikka olib kelmaydigan tan jarohati yoki uning sogʻligʻiga boshqacha tarzda shikast yetkazish;

• jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan mulkiy zarar yetkazilganda.

 

Himoya qilinuvchi shaхs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan halok boʻlgan (vafot etgan) taqdirda, uning oila a’zolariga bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa miqdori BHMning 100 baravarini tashkil etadi (teng ulushlarda taqsimlanadi).

 

Himoya qilinuvchi shaхsga uning jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan nogironlikka sabab boʻlgan tan jarohati yoki uning sogʻligʻiga boshqacha tarzda shikast yetkazilgan taqdirda, nogironlik guruhiga qarab:

  • I guruhga –  BHMning 80 baravari;
  • II guruhga –  BHMning 70  baravari;
  • III guruhga –  BHMning 50 baravari miqdorida nafaqa toʻlanadi.

 

Nogironlikka olib kelmagan tan jarohati yetkazilgan taqdirda, uning ogʻirligiga qarab quyidagi toʻlovlar tayinlanadi:

• ogʻir tan jarohati olganda – BHMning 35 baravari;

• oʻrtacha ogʻirlikdagi tan jarohati olganda – BHMning 30 baravari;

• salomatlikning qisqa muddatli yomonlashuviga olib kelgan yengil darajadagi tan jarohati olganda –  BHMning 25 baravari miqdorida nafaqa toʻlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.04.2025 yildan kuchga kiradi.

 

Sobir Nurberdiyev