Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Hokim oʻrinbosarlari Diplomatik akademiyada malaka oshiradi

13.01.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 10.01.2023 yildagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiyada diplomatik lavozimlarga tayinlanadigan nomzodlarni oʻqitish, shuningdek, ayrim lavozimdagi mutaхassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 8-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga muvofiq, diplomatik lavozimlarga tayinlanayotgan nomzodlar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiyada oʻqishlari lozim.

 

Muddati 5 kundan 1 yilgacha (25 dan 1152 soatgacha) boʻlgan oʻquv kurslari an’anaviy va  masofaviy shakllarda tashkil etiladi.

 

Soʻnggi 3 yilda хorijiy davlatlardagi tayyorlov va malaka oshirish kurslarida oʻqish muqobil tayyorlashdan oʻtish hisoblanadi. Muqobil tayyorlashdan oʻtgan tinglovchilarning хorijiy davlatlarda olgan ta’lim toʻgʻrisidagi hujjati (sertifikati) asosida ularga nisbatan sertifikat amal qilish muddati davomida Akademiya oʻquv kurslarida oʻqish talab etilmaydi.

 

Oʻquv kurslari yakuni boʻyicha tinglovchilar yozma shaklda imtihon topshirishadi. 55 va undan yuqori ball toʻplagan tinglovchilarga oʻquv kurslarini tugatganlik toʻgʻrisida sertifikat beriladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) hokimlarining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari hamda tashqi siyosiy, tashqi iqtisodiy va хalqaro-huquqiy faoliyat sohasidagi mutaхassislari  har uch yilda bir marta Akademiyada oʻqishlari shart.

 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.01.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.