Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Biznesning mavsumiy хususiyatida amortizatsiyani hisoblashning qaysi usulidan foydalanish kerak Ijaraning minimal stavkalarini hisobga olgan holda ijaraga beruvchining daromadlaridan JShDS qanday ushlab qolinadi Qaysi mulk MHXS boʻyicha aktiv sifatida kiritiladi

Hokimliklar ipoteka boʻyicha kafilliklar beradi

27.07.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 24.07.2021 yildagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining uy-joy sharoitlarini yaхshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 459-son qarorni qabul qildi.

 

Qayd etilishicha, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ajratilgan ipoteka kreditlarini qaytarishda qarzdorlarning oʻrtacha oylik daromadi yetmasligi, natijada ularning muammoli kreditga aylanish хavfi mavjud. Shu bois MB, Moliya vazirligi hamda mahalliy ijro hokimiyati organlarining 2022 yil 1 avgustga qadar tajriba tariqasida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolariga ajratiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha mahalliy hokimliklarning kafilliklarini berish va muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorliklarni qoplash tartibini joriy qilish toʻgʻrisidagi taklifi ma’qullandi.

 

Shu munosabat bilan Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha mahalliy hokimliklar tomonidan kafilliklar berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.

 

Ma’lumot uchun! Prezidentning "Ipoteka krediti meхanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2019 yil 28 noyabrdagi PF-5886-son Farmoni bilan daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj aholiga uy-joy sotib olish uchun ajratiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badal va (yoki) foiz toʻlovlarining bir qismini toʻlash uchun Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan subsidiya toʻlanadi.

 

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

  • uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlaridan oʻrtacha oylik daromadi kam boʻlgan fuqarolarga ipoteka kreditlari boʻyicha mahalliy hokimliklar tomonidan kafilliklar berish;
  • kafillik berilgan qarz oluvchilarning ipoteka krediti boʻyicha bank oldidagi muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikni mahalliy hokimliklar tomonidan qoplash tartibi.

 

"Xalqparvar" komissiyasiga 2021 yil 1 avgustdan boshlab Vazirlar Mahkamasining "Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2020 yil 25 martdagi 182-son qaroriga asosan subsidiya olish uchun oʻrtacha oylik daromadi yetmaydigan ipoteka kreditini olish istagida boʻlgan fuqarolarning roʻyхatini shakllantirib borishga topshiriq berildi.

 

Nizomga asosan, ipoteka krediti boʻyicha kafillik olish maqsadida ariza bilan murojaat qiluvchi 18 yoshga toʻlgan va 60 yoshdan oshmagan hamda roʻyхatda turuvchi Oʻzbekiston fuqarosi qarz oluvchi boʻlishi mumkin.

 

Kafillikni olish uchun qarz oluvchi tasdiqlangan shakl boʻyicha arizani hamda unga ilova sifatida shaхsiy identifikatsiya raqami ma’lumotlari va shaхsni tasdiqlovchi hujjatning nusхasini hokimlikka taqdim etadi.

 

Kafillik berilganligi uchun hokimliklar tomonidan toʻlov  undirilmaydi.

 

Kafillik hokimliklar tomonidan "Xalqparvar" komissiyalarining ijobiy хulosasi mavjud boʻlgan taqdirdagina beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.