Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida»gi (27.12.2016 yildagi PQ-2699-son) Qarori bilan homiladorlik va tugʻish nafaqasi tayinlash tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Homiladorlik va tugʻish nafaqasi miqdori tabaqalashtiriladi
Homiladorlik va tugʻish nafaqasi miqdori tabaqalashtiriladi
04.01.2017

Unga muvofiq homiladorlik va tugʻish nafaqasi miqdori haqiqatda ishlangan vaqtga bogʻliq holda tabaqalashtiriladi. Shu bilan birga ishlangan vaqt birinchi marotaba ishga kirganlar uchun ham, oʻz mehnat faoliyatini 12 oydan koʻp tanaffusdan keyin davom ettirayotganlar uchun ham hisobga olinadi:
- ishga olingan kundan boshlab 6 oygacha – 50%;
- 6 oydan 12 oygacha – 75%;
- 12 oydan ortiq – 100%.
Masalan, ayol ilk marotaba ishga kirdi va 6 oy ham ishlamasdan homiladorlik va tugʻish ta’tiliga chiqyapti. Unga oʻrtacha oylik ish haqining 50%i miqdorida nafaqa tayinlanadi. Yoki yana bir boshqa misol – ayol bir yildan ortiq muddat mobaynida hech qayerda ishlamadi, ishga kirdi va oradan 11 oy oʻtib, homiladorlik va tugʻish ta’tiliga chiqyapti. U oʻzining oʻrtacha oylik ish haqining 75%i miqdorida nafaqa olishi mumkin.
Shu tariqa, ilk marotaba ishga kirgan vaqtidan boshlab yoki 12 oydan koʻp vaqt tanaffusdan keyin, shuningdek, agar tanaffus 12 oydan kam boʻlgan boʻlsa, bir yil mobaynida ishlab berilgan taqdirda homiladorlik va tugʻish nafaqasini 100% miqdorda olish mumkin.
Nafaqa kimning hisobiga toʻlanishi haqida bu yerda oʻqing.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Irina Aхmetova
ekspertimiz.
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi