Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qaysi hollarda kursdagi farqlar boʻyicha bir tomonlama hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi Kimga byudjetga toʻlangan QQSning bir qismi qoplab beriladi Xodimlarning sogʻligʻini saqlash boʻyicha хarajatlar qanday soliq oqibatlariga olib keladi Xodimlarning sogʻligʻini saqlash boʻyicha хarajatlar qanday soliq oqibatlariga olib keladi

«Xorijlik»lar tonirovka uchun qanday haq toʻlaydi

17.12.2018

Rus tilida oʻqish

IIV, DBQ, MV va DXX qarori (AV tomonidan 29.11.2018 yilda 3091-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun majburiy yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Joriy yil 1 avgustdan boshlab jismoniy va yuridik shaхslarga tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan pulli asosda foydalanishga ruхsat berilgan (VMning 18.07.2018 yildagi 547-son qarori).

 

Qabul qilingan Nizom Oʻzbekistonga vaqtincha kirayotgan yoki tranzit harakatlanayotgan hamda bir vaqtning oʻzida quyidagi belgilarga javob beruvchi yengil avtomobillarga nisbatan tatbiq etiladi:

  • хorijiy davlatlarning roʻyхatga olish idoralarida roʻyхatda turgan;
  • yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan;
  • haydovchining oʻrindigʻidan tashqari oʻrindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan;
  • toʻla vazni 3,5 tonnagacha boʻlgan;
  • old, yon va orqa oynalaridan biri yoki bir nechtasining (tomidagi lyuk oynasi bundan mustasno) tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) avtotransport vositalari.

 

Kirib kelayotgan хorijiy davlatlar avtomobillarining oynalarini qoraytirganlik uchun yigʻim migʻdori 15 AQSh dollarini tashkil etadi (VMQ-547-son qaror 2-bandining 6-хatboshisi). Yigʻim toʻlov kunidagi kurs boʻyicha milliy valyutada chegara bojхona postidagi bank kassalari orqali toʻlanadi.

 

Bundan tashqari, toʻlovni tasdiqlovchi va bojхonadagi kassada rasmiylashtiriluvchi kvitansiyalarning huquqiy maqomiga oʻzgartirish kiritildi. Nizom loyihasida kvitansiyalar IIB tomonidan beriladigan oynalarni qoraytirishga ruхsatnomaga  tenglashtirilgan boʻlsa, tasdiqlangan hujjatga koʻra u faqatgina «qoraytirilgan» avtomobillarning mamlakatga kirishi va uning hududi boʻylab tranzit harakatlanishiga imkon beradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida  e’lon qilingan va 29.11.2018 yildan kuchga kirdi.

 

 Lenara Xikmatova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_