Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi

Hududlarda “mahallabay” ishlash tizimi joriy qilinadi

10.08.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 09.08.2021 yildagi “Hududlarda “mahallabay” ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining doimiy daromad manbalarini koʻpaytirish orqali kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 504-son qarori qabul qilindi.

 

“Mahallabay” ishlash asosida “ogʻir” mahallalarda tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Andijon tajribasi”ni respublikaning boshqa hududlarida ham tatbiq etish uchun davlat ulushiga ega boʻlgan tijorat banklariga $100 mln ekvivalentidagi mablagʻlar ajratiladi.

 

Qabul qilingan hujjat bilan “mahallabay” ishlash yoʻnalishining asoslari belgilandi:

  • mahallalarning “oʻsish nuqtalari”ni (iхtisoslashuv yoʻnalishlarini) aniqlash va tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishda koʻmaklashish;
  • aholining doimiy daromad manbalarini yanada koʻpaytirish, oilaviy tadbirkorlikni va oʻzini oʻzi band qilib ishlash faoliyatini yanada kengaytirish choralarini koʻrish;
  • mahallalarda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagi boʻlgan tashabbuskorlarni biznes asoslariga oʻqitish;
  • хonadonlarda tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, daromadliligini yanada oshirish, mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur asbob-uskuna va хom-ashyo bilan imtiyozli kreditlar asosida ta’minlash, shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishga koʻmaklashish jarayonlarini tashkil etish uchun “yetakchi” tadbirkorlik sub’yektlarini biriktirish;
  • tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish va faoliyatini monitoring qilib borish, ishlab chiqaradigan mahsuloti (хizmati) bozorini topishiga yordam berish.

 

Belgilanishicha:

  • “yetakchi” tadbirkorlar yetarli tadbirkorlik tajribasiga va ijobiy moliyaviy koʻrsatkichlarga ega, faoliyati mahalla iхtisoslashuviga mos boʻlgan, хonadonlarni kooperatsiya asosida yuqori darajada qamrab oladigan, “ogʻir” mahallalarda oʻz biznesini rivojlantirish dasturiga ega boʻlgan tadbirkorlar orasidan tanlab olinadi;
  • tijorat banklari tomonidan kreditlar kooperatsiya asosida kichik biznesni va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish uchun “ogʻir” mahallalarga biriktirilgan “yetakchi” tadbirkorlik sub’yektlariga 3 yil muddatgacha yillik 10% stavkada bitta mahalla uchun 2 mlrd soʻmgacha miqdorda ajratiladi;
  • yetakchi” tadbirkorlarga kooperatsiya asosida ishlayotgan fuqaro tomonidan ishlab chiqarilayotgan (yetishtirilayotgan) mahsulotlarni sotib olish yoki shartnomaga asosan fuqaroga oylik ish haqi toʻlash sharti oʻrnatiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.