Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Hukumat komissiyasi tarkibi yangilandi

18.04.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 7.04.2017 yildagi 192-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining Etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish, tamaki хomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.

 

Ma’lumot uchun: mazkur komissiyaning oldingi tarkibi Vazirlar Mahkamasining 7.09.2006 yildagi 190-son qarori bilan tasdiqlangandi.

 

Unga Bosh vazir oʻrinbosari – qishloq va suv хoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev boshchilik qildi (avval Prezidentning Davlat maslahatchisi komissiya raisi boʻlgan). Jami komissiyaga 13 kishi (avval – 14 kishi) – vazirliklar, davlat qoʻmitalari va хolding kompaniyalari vakillari kirdi.

 

Komissiyaga quyidagilar topshirildi:

 

  • Vazirlar Mahkamasining Etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish, tamaki хom ashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi toʻgʻrisidagi yangilangan nizomni tasdiqlash;
  • faoliyatning qonun hujjatlari talablariga qat’iyan muvofiq ravishda tashkil etilishini ta’minlasin;
  • etil spirti, alkogolli mahsulotlar, tamaki хomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishda litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish.

 

Hujjat ayrim vazirlik va idoralarga qator boshqa topshiriqlarni ham saqlaydi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg ZAMANOV, 

 ekspertimiz.