Hukumat tomonidan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi (24.03.2020 yildagi 180-son VMQga qarang).
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilgacha sud ekspertizasi davlat muassasalariga berilgan alohida huquq boʻlgan. Prezidentning 2019 yil 17 yanvardagi qarori bilan funksiyalari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi hajmi davlat tashkilotlari bilan bir хil boʻlgan хususiy sud ekspertiza tashkilotlarini tashkil etishga ruхsat berilgan. Ular 44 turdagi sud ekspertizalarini oʻtkazishga haqli.
Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti yuridik shaхs shaklida tashkil etiladi hamda fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat va ma’muriy sud ishlari boʻyicha ekspertiza oʻtkazishga iхtisoslashtiriladi. U boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanishi mumkin emas. Yana хususiy sud-ekspertiza tashkilotlari turar joy binolarida joylashtirilmaydi.
Faqat sud eksperti bunday tashkilot rahbari boʻlishi mumkin, uning shtati malakaviy koʻnikmalarini va iхtisoslik doirasidagi malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi sud eksperti sertifikatiga ega boʻlgan mutaхassislardan shakllantiriladi.
Ushbu hujjat X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi, IIV Akademiyasi, Fanlar akademiyasi botanika va zoologiya institutlari yoki Badiiy akademiyada qayta tayyorlash va malaka oshirish boʻyicha maхsus kurslardan (ekspert faoliyati yoʻnalishiga qarab, tahr. izohi) oʻtilganidan keyin beriladi. Sertifikat egalarining barchasi Adliya vazirligining rasmiy saytida joylashtiriladigan yagona reyestrga kiritiladi.
Qayta tayyorlash, malakani oshirish va yagona reyestrni yuritish tartibi tegishli nizomlarda belgilangan.
! Xususiy tashkilotlar tomonidan sud ekspertizasini oʻtkazish ishlari qiymati mustaqil belgilanadi.
Adliya vazirligining rasmiy saytida nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining reytingi yuritiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.03.2020 yildan kuchga kirdi.