Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Biznesning mavsumiy хususiyatida amortizatsiyani hisoblashning qaysi usulidan foydalanish kerak Ijaraning minimal stavkalarini hisobga olgan holda ijaraga beruvchining daromadlaridan JShDS qanday ushlab qolinadi Qaysi mulk MHXS boʻyicha aktiv sifatida kiritiladi

Idoraviy NHHni qabul qilish qoidalari oʻzgardi

29.06.2021

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirining buyrugʻi (roʻyхat raqami 2565-11, 24.06.2021 y.) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Oʻzgartirishlar "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida"gi Qonun, Prezidentning 2020 yil 19 maydagi PF-5997-son "Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni hamda 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq kiritilmoqda.

 

Xususan:

  • vazirlik va idoralar, agar ularga qonunlar, Prezidentning farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tegishli hujjatni qabul qilish yoki aniq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish boʻyicha vakolat berilgan boʻlsa, idoraviy NHHni qabul qilishlari mumkin;
  • qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezidentning farmonlari va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish yuzasidan idoraviy NHH qabul qilish muddati, agar boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, bir oydan oshmasligi lozim;
  • buyruqlar vazirlik va idora nomidan qaror qabul qilish yakka tartibda amalga oshiriladigan vazirlik yoki idoralar rahbarlari tomonidan qabul qilinadi;
  • qarorlar davlat qoʻmitalari va idoralar nomidan qaror qabul qilish kollegial organlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat qoʻmitalari yoki idoralar tomonidan qabul qilinadi;
  • ikki yoki undan ortiq vazirlik va idoralarning idoraviy NHH qarorlar tarzida qabul qilinadi;
  • idoraviy NHH loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari yuzasidan korrupsiyaviy omillarni aniqlash boʻyicha cheklist toʻldiriladi va Adliya vazirligiga idoraviy NHH bilan birga taqdim qilinadi;
  • qonunchilik hujjatlariga muvofiq kelishilishi majburiy boʻlgan hollarda yoki idoraviy NHH loyihasida boshqa vazirlik va idoralar manfaatlariga yoki vakolatlariga daхl qiluvchi normalar mavjud boʻlsa, idoraviy NHH loyihasi yagona elektron tizim orqali manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilishi lozim. Bunda idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi vazirlik va idoralar tomonidan u taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida e’tirozlarsiz kelishilishi yoki asoslantirilgan e’tirozlar bilan qaytarilishi kerak.

 

Boshqa oʻzgarishlar va qoʻshimchalar ham kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.