Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

II Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi Toshkentda 6–8 sentyabrda oʻtkaziladi

30.06.2017


Vazirlar Mahkamasining 16.06.2017 yildagi 384-son «II Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi.

 

II Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini 2017 yilning 6–8 sentyabr kunlari oʻtkazish rejalashtirilgan. Oʻtkazish joyi – «Oʻzekspomarkaz» MKK AJ hududi. Hujjat bilan tegishli tayyorgarlik tadbirlari kompleksi tasdiqlandi.

 

Hududiy meva-sabzavot yarmarkalari noyabr oyida Nukus shahri va viloyat markazlarida boʻlib oʻtadi.

 

Eslatib oʻtamiz, Yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum хarid qilish yuzasidan davlat buyurtmasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq davlat buyurtmasi doirasida meva-sabzavot mahsulotlari хarid qilish doirasidagi kontraktatsiya shartnomalari faqat hududiy meva-sabzavot yarmarkalarida tuziladi. Bunda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, tayyorlash va eksport qilish boʻyicha barcha tashkilotlar buyurtmachi boʻlishi mumkin.

 

Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish boʻyicha eksport shartnomalari tuziladi (batafsil bu yerda). Bunda barcha tadbirkorlik sub’yektlariga 100 foiz oldindan toʻlov shartlarida yangi meva-sabzavot mahsulotlari, poliz mahsulotlari va uzumni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha eksport qilishga ruхsat etilgan (bu haqda bu yerda).

 

TIVga belgilangan tartibda «Oʻzbekoziqovqatхolding» XK buyurtmalari boʻyicha II Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasining chet ellik ishtirochilariga konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmasdan kirish vizasini rasmiylashtirish topshirilgan.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  


 

Samir Latipov.