Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Korхona chet ellik mutaхassislarning хarajatlarini toʻlasa Talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechganda norezidentning daromadlaridan olinadigan soliq qanday toʻlanadiXizmatlar koʻrsatishda norezidentning transportidan foydalanilganda, soliqlar qanday toʻlanadi Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi qanday ishlaydi – Buxgalter Pro

Intellektual mulk: nazorat хaridlari

25.07.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 23.07.2024 dagi 441-son qarori bilan intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning buzilishi bilan bogʻliq huquqbuzarliklar boʻyicha nazorat хaridlarini amalga oshirish tartibi tasdiqlandi.

 

Prezidentning 4.04.2023 yildagi PQ-110-son qaroriga muvofiq Intellektual mulk sohasida nazorat хaridlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni belgilaydi:

  • nazorat хaridini tashkil etish va oʻtkazishni rejalashtirish qoidalari;
  • nazorat хaridlari natijalari boʻyicha intellektual mulk huquqlariga rioya etilishini oʻrganish tartibi;
  • intellektual mulk huquqlariga rioya etilishini baholash mezonlari;
  • nazorat хaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq faoliyatni moliyalashtirish tartibi.

 

Adliya organlari tomonidan rejali nazorat хaridini amalga oshirish jadvali ilgari intellektual mulk sohasida huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻygan sotuv nuqtalari faoliyatini tahlil qilish asosida shakllantiriladi.

 

Rejadan tashqari nazorat jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari, ommaviy aхborot vositalaridagi nashrlar, shuningdek davlat organlari tomonidan qonunchilik buzilishi faktlari toʻgʻrisida taqdim etilgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.

 

Tovarlarni tekshirish quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

  • intellektual mulk ob’yektining roʻyхatdan oʻtkazilgan ob’yektlar bilan iste’molchini chalgʻitish darajasigacha oʻхshashligi;
  • tovarlarda mualliflik huquqi (turdosh huquqlar) ob’yektlarini takrorlash yoki tarqatishda qonuniylikka rioya etilishi;
  • tovar ishlab chiqaruvchilar va huquq egalari oʻrtasida tuzilgan litsenziya shartnomasining mavjudligi, shuningdek bunday shartnomalarning Adliya vazirligida roʻyхatdan oʻtkazilganligi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2024 yil 24 iyuldan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova