Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida naslli urugʻchilik stansiyalari tashkil etildi

18.09.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 13.09.2024 yildagi «Ipakchilik sohasida naslli urugʻchilik stansiyalari faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisida»gi 571-son qarori qabul qilindi.

 

Fargʻona va Xorazm viloyatlarida Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti tarkibida davlat muassasasi shaklidagi naslli urugʻchilik stansiyalari tashkil etildi. 

 

Ularning asosiy vazifalari – ipak qurtining yuqori sifatli elita urugʻlarini tayyorlab, urugʻchilik korхonalarini ular bilan ta’minlash hamda ushbu yoʻnalish boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish. 

 

Stansiyalarga zarur bino va inshootlarni qurish uchun Fargʻona va Xorazm viloyatlari hokimlari  1 gektardan qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarni ajratishadi. 

 

Bundan tashqari, intensiv tutzorlarni tashkil etish uchun 18 gektar yer maydoni ijara huquqi asosida ajratiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.09.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev