Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ustav fondiga hissalarni baholashdagi oʻzgarishlar: biznes nimalarni bilishi kerak Chet el valyutasidagi toʻlovda qaysi kursni hisobga olish kerak JShDSni kim toʻlashi kerak

Ipoteka munosabatlarida – elektron garov хatlari

14.02.2025

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 12.02.2025 yildagi «Ipoteka krediti bozori yanada rivojlantirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-1028-son Qonun imzolandi.

 

Aholining keng qatlamlari uchun ipoteka kreditlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish maqsadida elektron garov хati joriy etilmoqda. Elektron garov хati YaIDXPda tuziladi va «Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi» AJga va dastlabki ipotekaga oluvchiga beriladi.

 

Ma’lumot uchun: garov хati egasining nomi yozilgan qimmatli qogʻoz boʻlib, u garov хati qonuniy egasining quyidagi huquqlarini tasdiqlaydi:

- ipoteka bilan ta’minlangan pul majburiyatining, shu majburiyat mavjudligining boshqa dalillarini taqdim etmagan holda bajarilishiga erishish huquqi;
- ipoteka belgilangan mol-mulkka boʻlgan garov huquqi.

 

Garov хatining qonuniy egasi shartnomada yoki qonunchilikda nazarda tutilgan oʻz huquqlarini amalga oshirayotganda garov хatini tegishli huquq qaysi shaхsga nisbatan amalga oshirilayotgan boʻlsa, shu majburiyatli shaхsga qarzdorga yoki ipotekaga qoʻyuvchiga) uning talabiga binoan koʻrsatishi shart, bundan: 

  • hujjatli garov хati notarius depozitiga topshirilgan;
  • hujjatli garov хati garovga oluvchiga oʻtkazilgan holda garovga qoʻyilgan;
  • garov хati elektron tarzda rasmiylashtirilgan hollar mustasno.

 

Elektron garov хati bilan ta’minlangan majburiyatlar toʻliq yoki qisman bajarilgan taqdirda garov хatining qonuniy egasi elektron garov хati boʻyicha majburiyat toʻliq yoki qisman bajarilganligi fakti toʻgʻrisida yozuv kiritish uchun «Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi» AJga murojaat qilishi shart.

 

Tegishli oʻzgartirishlar:

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.02.2025 yildan kuchga kirdi. 

 

Sobir Nurberdiyev