Prezidentning 16.03.2017 yildagi PQ–2840-son Qarori bilan Iqtisodiyot vazirligi tuzilmasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari, shuningdek tuman hamda shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlari tashkil qilindi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Iqtisodiyot vazirligi joylarda faoliyatni faollashtiradi
Iqtisodiyot vazirligi joylarda faoliyatni faollashtiradi
04.04.2017

Eslatib oʻtamiz, 22.02.2016 yildan yigʻma boshqarmalar va hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlari viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimliklari tuzilmasi tarkibida edi.
Lavozimga tayinlash va undan ozod etishning quyidagi tartibi tasdiqlandi:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri – iqtisodiyot vaziri bilan kelishilgan holda Joʻqorgʻi Kenges tomonidan;
- viloyatlar hamda Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari boshliqlari – tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda iqtisodiyot vaziri tomonidan;
- tuman hamda shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlari boshliqlari – iqtisodiyot vaziri bilan kelishilgan holda, shuningdek tegishli tuman va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri, iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalarining boshliqlari tomonidan.
Iqtisodiyot vazirligi markaziy apparatining Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasiga qoʻshimcha 12 ta shtat birligi ajratilib, ushbu bosh boshqarma iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosariga boʻysundirildi.
Qaror bilan koʻrsatib oʻtilgan boʻlinmalarning asosiy vazifalari, shuningdek, ularning tuzilmalari, хodimlarining cheklangan soni hamda mehnatiga haq toʻlash razryadlari tasdiqlandi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.
Mavzuga doir materiallar:
- OTMga kirishda testlar sifati oshiriladi
- Maktabgacha ta’lim vazirligining vakolatlari va mas’uliyati nizomda koʻrsatildi
- Fan va teхnologiyalar agentligi va Davlat komissiyasi tugatiladi
- Daryolar toshqinlarga qanday tayyorlanadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi tashkil etildi
- FVV uchun import uskunalar – endi tendersiz
Yangi sonlarda oʻqing

- Davlat kichik va oʻrta biznesning yangi loyihalarini qoʻllab-quvvatlaydi
- Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak
- Xorijiy kompaniya Oʻzbekistondagi vakolatхonasini qanday yopadi
- Xavf darajasi yuqori boʻlgan mahsulot uchun davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi
- Bazaga kiritish talab etilmaydi

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi