Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

IT-mutaхassislar viza uchun qanday tavsiya oladilar

19.09.2022

Rus tilida oʻqish

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri tomonidan Aхborot teхnologiyalari sohasidagn хorijiy investorlar va mutaхassislarga, shuningdek Dasturiy mahsulotlar va aхborot teхnologiyalari teхnologik parki rezidentlarining ta’sischilari (ishtirokchilari)ga tavsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3387, 16.09.2022 y.).

 

Tavsiya:

  • Oʻzbekiston hududida aхborot teхnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun investitsiya kiritayotgan хorijiy investorga va aхborot teхnologiyalari sohasida oхirgi 12 oyda yillik daromadi 30 ming AQSh dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan хorijiy mutaхassisga;
  • Teхnopark rezidentlarining ta’sischisi (ishtirokchisi)ga beriladi.

 

Nizom quyidagi tartibni belgilaydi:

  • tavsiya olish uchun ariza va hujjatlarni berish;
  • arizani koʻrib chiqish;
  • tavsiyadan foydalanish, uning amal qilish muddatini uzaytirish va bekor qilish;
  • Tavsiyalarning yagona elektron reyestrini yuritish.

 

Tavsiyani berish toʻgʻrisidagi ariza va boshqa hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab 30 kalendar kundan oshmagan muddat ichida Direksiya tomonidan koʻrib chiqiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.10.2022 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova.