Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

JB shaffof bozor iqtisodiyotiga oʻtishni qoʻllab-quvvatlaydi

05.01.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 30.12.2020 yildagi “Jahon banki ishtirokida "Oʻzbekistonda shaffof va keng bozor iqtisodiyotiga oʻtishni rivojlantirish siyosatini qoʻllab-quvvatlash" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 816-son qarorni qabul qildi.

 

Hujjat bilan quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilindi:

2020 yil 16 dekabrda "Oʻzbekistonda shaffof va keng bozor iqtisodiyotiga oʻtishni rivojlantirish siyosatini qoʻllab-quvvatlash" loyihasini (keyingi oʻrinlarda - loyiha) amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hamda Jahon banki (JB) oʻrtasida byudjetni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qarz bitimi va moliyaviy bitim imzolangan. Ular quyidagi qarzni jalb qilishni nazarda tutadi:

  • Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (XTTB) 10,5 yil muddatga, shu jumladan, 5 yillik imtiyozli davri bilan, $250 mln;
  • Xalqaro taraqqiyot uyushmasining (XTU) 30 yil muddatga, shu jumladan, 5 yillik imtiyozli davri bilan:
    • $165 mln miqdoridagi (imtiyozli qarz);
    • $85 mln miqdorida (imtiyozsiz qarz).

 

XTTB va XTU tomonidan ajratiladigan qarzlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti хarajatlarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.

 

Qaror bilan Loyihani amalga oshirish doirasida XTTB va XTU tomonidan ajratiladigan qarzni qaytarish, foiz va vositachilik haqi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali tasdiqlandi.

 

Hujjat bilan quyidagilar belgilandi:

  • Moliya vazirligi loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, XTTB va XTU tomonidan ajratiladigan qarzdan maqsadli va samarali foydalanilishchi yuzasidan mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
  • XTTB va XTU tomonidan ajratiladigan qarzlarni qaytarish, foiz, хizmat koʻrsatganlik va vositachilik haqi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish bilan bogʻliq хarajatlar Oʻzbekiston respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Bahodir Buхoriy.