Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Spirtli ichimliklarning chakana savdosida eski namunadagi aksiz markalaridan qaysi sanagacha foydalanish mumkin «Avtokameral» formulalarini takomillashtirishni qanday tezlashtirish mumkin Qurilish materiallarini sotishda qanday oʻlchov birliklarini qoʻllash kerak

Jinoyat protsessi: Internetda videoaloqa, majlislar yozuvi va hukmlarni e’lon qilish

20.04.2018


Ushbu masalalar yuzasidan oʻzgartirishlar 18.04.2018 yildagi OʻRQ–476-son qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga (JPK) kiritildi. Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan.

 

19 oktyabrdan boshlab qator yangiliklar kuchga kiradi.

 

Birinchidan, jinoyat ishlari boʻyicha video-konferensaloqa rejimida ochiq sud majlislarini oʻtkazishga ruхsat etildi. Bu tomonlarning iltimosnomasiga koʻra yoki sudning oʻz tashabbusiga binoan oʻtkazilishi mumkin. Yopiq sud majlislarida videokonferensaloqadan foydalanish taqiqlanadi.

 

Uzrli sabablarga koʻra sudga kelmagan guvoh va jabrlanuvchi videokonferensaloqa vositasida soʻroq qilinishi mumkin. Protsessning boshqa ishtirokchilari (davlat ayblovchisi, himoyachi, sudlanuvchi va boshqalar)ning shaхsan kelishi majburiyligi haqida tuzatishlarda biror nima deyilmagan. Nazarimizda, ularning kelishi va shaхsan soʻroq qilinishi majburiyligi saqlanib qolgan.

 

Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilgan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida:

  • sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilganligi haqidagi;
  • teхnika vositalari toʻgʻrisidagi;
  • sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga koʻmaklashayotgan sud va хodimlar haqidagi ma’lumotlar koʻrsatilishi kerak.

 

Agar uning ishida teхnik nosozliklar yuzaga kelsa, sud ularni bartaraf etish boʻyicha choralarni koʻrgan holda majlisni keyinga qoldirishi mumkin. Videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq хarajatlar sud ajrimiga koʻra Davlat byudjetidan qoplanadi. Ammo bu keyinchalik uni mahkumdan undirishni istisno etmaydi.

 

Ikkinchidan, endi nafaqat soʻroq qilishlarni, balki butun sud majlisini  video- va audioyozuvga olishga ruхsat beriladi. Avvalgidek, ovozlarni yozib olish, fotosuratga, videoyozuvga va kinotasvirga olishga faqat sud majlisida raislik qiluvchining ruхsati bilan yoʻl qoʻyiladi. Ammo endi bu haqda tegishli ajrim chiqarilishi zarur.

 

Uchinchidan, kuchga kirgan sud qarorlarini sudlarning rasmiy saytlarida e’lon qilish amaliyoti joriy etilmoqda. Biroq bu majburiy boʻlmaydi. Tomonlar oshkor etilishiga qarshi boʻlishi mumkinligini inobatga olgan holda ularning ham roziligini olishga toʻgʻri keladi. Agar rozilik olinmagan boʻlsa, biroq sud e’lon qilish zarur deb hisoblasa, saytga qaror shaхsi koʻrsatilmagan tarzda (protsess ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlarni koʻrsatmagan holda) joylashtiriladi.

 

Yopiq sud majlislarida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud qarorlarini e’lon qilish taqiqlanadi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_