Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Jismoniy shaхsning qarz yuki koʻrsatkichi oshirilmoqda

07.03.2024

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank boshqaruvining 21.02.2024 yildagi 3205-3-sonli “Qarz oluvchi jismoniy shaхslarning qarz yukini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. 

 

Kredit (mikroqarz) shartnomasiga asosan uni soʻndirish muddati 36 oydan oshgan taqdirda, qarz yuki boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlar miqdori hisob-kitobida kredit (mikroqarz) boʻyicha barcha toʻlovlar 36 oyga teng miqdorda (annuitet usulida) taqsimlanadi, bundan ipoteka kreditlari va Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladigan resurslar hisobidan ajratilgan ta’lim kreditlari mustasno.

 

Ipoteka krediti shartnomasiga asosan uni soʻndirish muddati 180 oydan oshgan taqdirda, qarz yuki boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlar miqdori hisob-kitobida kredit boʻyicha barcha toʻlovlar 180 oyga teng miqdorda (annuitet usulida) taqsimlanadi, bundan davlat dasturlari doirasida ajratilgan ipoteka kreditlari mustasno.

 

2024 yil 1 iyulga qadar qarz beruvchi tomonidan mikroqarzlar ajratishda jismoniy shaхsning qarz yuki koʻrsatkichi 50%dan oshmasligi kerak.

 

2024 yil 1 iyuldan 2025 yil 1 yanvarga qadar ushbu koʻrsatkich  60%dan, 2025 yil 1 yanvardan boshlab — 50%dan oshmasligi kerak.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.03.2024 yildan kuchga kiradi.



   Sobir Nurberdiyev