Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

“Jizzaх” EIZ kengaytirildi, 8 ta yangi KSZ barpo etildi

05.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

Bu Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 1 avgustdagi 643-son qarorida nazarda tutilgan.

 

“Jizzaх” erkin iqtisodiy zonasi hududi umumiy maydoni 182,1 gektar boʻlgan, Jizzaх viloyatining toʻrtta tumanida joylashgan yer uchastkalari hisobiga kengaytiriladi. Bu bilan bogʻliq qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari EIZ qatnashchilari tomonidan qoplanadi. Tushgan mablagʻlar yangi yerlarni oʻzlashtirish va sugʻoriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilish uchun maqsadli sarflanadi.

 

Bundan tashqari, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va davlat mulki ob’yektlari negizida yangi tuman kichik sanoat zonalari tashkil etiladi: Baхmal (13 ga), Gʻallaorol (5,2 ga), Doʻstlik (2 ga), Zomin (4 ga), Zarbdor (4,8 ga), Zafarobod (3 ga), Mirzachoʻl (5,27 ga) va Yangiobod (1 ga).

 

Jizzaх viloyati KSZlari hududida joylashgan davlat koʻchmas mulki tadbirkorlik sub’yektlariga u yerda amalga oshiriladigan faoliyat turiga qarab, ortib boruvchi koeffitsiyentlar qoʻllanmagan, ijara toʻlovining eng kam stavkalari belgilangan holda 5 yilga uzoq muddatli ijaraga beriladi. Keyinchalik biznes-rejalarni bajarish, ish oʻrinlari tashkil etish va saqlash, barcha turdagi soliqlarni hamda boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash sharti bilan mulk huquqi beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.08.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.