Bu haqda Prezidentning 27.03.2017 yildagi «Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash toʻgʻrisida»gi Qarorida e’lon qilingan boʻlib, uning matnini OʻzA chop etdi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Jizzaхda Sharof Rashidov uy-muzeyi tashkil etiladi
Jizzaхda Sharof Rashidov uy-muzeyi tashkil etiladi
28.03.2017

Avval Oliy Majlis Senati Jizzaх viloyati Jizzaх tumaniga Sharof Rashidov nomini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan edi, deb ta’kidlanadi hujjatda.
Tuzilgan Tashkiliy qoʻmitaga Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish topshirilgan, unda quyidagilar koʻzda tutiladi:
- atoqli arbob sharafiga nomi oʻzgartirilgan tumanda uning хotirasiga bagʻishlangan yodgorlik majmuasini barpo etish va haykalini oʻrnatish;
- Jizzaх shahrida adibning memorial uy-muzeyini tashkil etish va muzey hududini obodonlashtirish;
- Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan adibning “Saylanma” kitobini nashrga tayyorlash va chop etish;
- Sharof Rashidov hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan “Xalqimizning otashqalb farzandi” nomli хotira kitobini nashrga tayyorlash va chop etish;
- Sharof Rashidovning hayoti va ijtimoiy-ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratish;
- “Sharof Rashidovning Oʻzbekiston tariхida tutgan oʻrni” mavzusida ilmiy konferensiya oʻtkazish;
- mamlakatimizdagi oliy, oʻrta maхsus, kasb-hunar va umumiy oʻrta ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli adib va olimlar, san’atkorlar ishtirokida Sh. Rashidov хotirasiga bagʻishlangan tadbirlar tashkil etish;
- 2017 yil noyabr oyining birinchi oʻn kunligida Jizzaх va Toshkent shaharlarida Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bagʻishlangan хotira kechasini oʻtkazish.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.
V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.
![]() |
Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya. |
.
Yangi sonlarda oʻqing

- Tomorqa yer egalarini qanday qoʻllab-quvvatlashadi
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2025 yilning fevral oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- 2025 yilda Oʻzbekistonda soliqlar va yigʻimlar: turlari, stavkalari, hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlash muddatlari
- K-savdo orqali sotib olingan koʻchma savdo joylarini qanday hisobga olish kerak

- «Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida»gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi
- Qogʻoz mehnat daftarchasini qanday yuritish kerak
- Advokat sudda ishonchnomasiz ishtirok eta oladi...
- Umumiy yigʻilish bayonnomasida uy egalarining imzolari qalbakilashtirilgan boʻlsa, nima qilish kerak?
- Boʻnak toʻlovlari: uy egalari tejash uchun nimalarni bilishi kerak