Prezidentning 16.06.2023 yildagi “Aholining yengil avtotransport vositalariga boʻlgan ehtiyojini qondirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-193-son qarori qabul qilindi.
Hujjatga asosan, 2026 yil 1 yanvarga qadar, Oʻzbekistonning bojхona chegarasini kesib oʻtish vaqtida ishlab chiqarilganiga 1 yildan oshmagan yangi yengil avtotransport vositalarini (TIF TN kodlari 8703 21 10, 8703 22 10 va 8703 31 10) olib kirishda bojхona bojlarining quyidagi stavkalari qoʻllaniladi:
- dvigatel silindrlarining ish hajmi 1 000 sm kubdan oshmaydigan yangi yengil avtotransport vositalari uchun – nol stavkasi (amaldagi stavka – 15% + $0,4 / sm kub);
- dvigatel’ silindrlarining ish hajmi 1 200 sm kubdan oshmaydigan yangi yengil avtotransport vositalari uchun – 5 foizli stavkasi (amaldagi stavka – 15% + $0,6 /sm kub).
Tegishincha, dvigatel hajmi 1 000 sm kubgacha boʻlgan avtomobillar uchun bojхona bojlarining umumiy summasi hozirgi 39-43%dan 19-23%gacha kamaytiriladi, dvigatel hajmi 1 000-1 200 sm kub boʻlgan avtomobillar uchun esa – 44-52%dan 30-36%gacha kamaytiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.06.2023 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.