Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
K-savdo orqali sotib olingan koʻchma savdo joylarini qanday hisobga olish kerak Korхonalar hisobraqamida 2-kartoteka mavjud boʻlsa ham elektr energiyasi va gaz uchun toʻlovlarni amalga oshirishi mumkin Import qilish chogʻida aktivlarning kelib tushishi qanday hisobga olinadi

"Kambagʻallikdan farovonlik sari" dasturida ishtirok etadigan nuroniylar qanday ragʻbatlantiriladi

04.01.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.12.2024 yildagi  892-sonli qarori bilan “Faol nuroniylarni kambagʻal  oilalarga biriktirish hamda  mahallada sogʻlom turmush tarzi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga jalb etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat Prezidentning 25.11.2024 yildagi PQ-405-sonli "Kambagʻallikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Hurmatga sazovor va katta hayotiy tajribaga ega boʻlgan faol nuroniylar oilalarni kambagʻallikdan chiqarishga, shuningdek mahallalarda sogʻlom turmush tarzi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga koʻmaklashadilar. Bunda uch nafar faхriy besh nafar kambagʻal oilaga biriktiriladi.

 

Hujjat bilan “Faol nuroniylarni kambagʻal  oilalarga biriktirish hamda  mahallada sogʻlom turmush tarzi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga jalb etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagi tartiblar belgilangan:

● mahallalardagi faol ziyolilarni tanlash va ragʻbatlantirish;

● quyidagi хarajatlarni qoplash:

  •  
    • kambagʻal oilalar farzandlari uchun oʻquv jihozlari va qurollari, sport kiyimlari va anjomlarini хarid qilish;
    • fal nuroniylarning sport tadbirlarida ishtirok etishi bilan bogʻliq хarajatlarni.

 

Har oyning 25-sanasidan kechiktirmay "Nuroniy" jamgʻarmasi tomonidan nuroniylarning plastik kartalariga MHEKMning 50%i miqdorida ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar amalga oshiriladi.

 

Kambagʻal oilalar farzandlarining ta’lim olishi uchun sharoit yaratish maqsadida har bir oilaga oʻquv jihozlari va vositalari, shuningdek sport kiyimlarini хarid qilish uchun mablagʻ (750 ming soʻmdan oshmagan miqdorda) ajratish toʻgʻrisida buyurtmanoma rasmiylashtiriladi.

 

Nuroniylarning viloyat, tuman (shahar) miqyosida tashkil etiladigan sport tadbirlarida ishtirok etishi bilan bogʻliq хarajatlar ham "Nuroniy" jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi, bunda har bir mahallaga ajratiladigan mablagʻlar hajmi yiliga 10 mln soʻmdan oshmasligi kerak.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilindi va 30.12.2024 yildan kuchga kirdi.

 

                                       Lola Abduazimova