Vazirlar Mahkamasining 20.12.2024 yildagi 864-son "Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati bilan moliyaviy hamkorlikda Oʻzbekistonda kasbiy ta’limini qoʻllab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi VMQ-864-son qarori qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Germaniya Federativ Respublikasining «KfW» banki oʻrtasida 2023 yil 8 noyabrda imzolangan Oʻzbekistonda kasb-hunar ta’limini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi Bitim 5 yil muddatga 16 mln yevro miqdorida grant ajratilishini nazarda tutadi.
Bandlik va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi «KfW» bankining "Oʻzbekistonda kasb-hunar ta’limini qoʻllab-quvvatlash" loyihasi uchun ajratilgan grantdan maqsadli foydalanish va uni samarali amalga oshirish uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.
Hujjat bilan:
- «KfW» banki grantini qurilish, montaj, ta’mirlash va jihozlash uchun yoʻnaltiriladigan kasb-hunar mahorati markazlari roʻyхati;
- "Oʻzbekistonda kasb-hunar ta’limini qoʻllab-quvvatlash" loyihasining teхnik-iqtisodiy parametrlari tasdiqlandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilindi va 23.12.2024 yil kuchga kirdi.
Lola Abduazimova