Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Konstitutsiya kuni qanday oʻtkaziladi

22.10.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 17.10.2024 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida»gi   F-53-sonli Farmoyishi imzolandi.

 

Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning tarkibi tasdiqlandi. Uning raisi etib Bosh vazir tayinlandi.

 

Shuningdek, Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish dasturi qabul qilingan boʻlib, unda quyidagi beshta yoʻnalish boʻyicha 50 dan ziyod tadbirlar aks ettirilgan:

  • Konstitutsiya mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar;
  • ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va targʻibot-tashviqot ishlari;
  • bayram va boshqa koʻngilochar tadbirlar;
  • davlat organlari va tashkilotlarida tashkil etiladigan tadbirlar
  • ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladigan targʻibot tadbirlari.

 

Tadbirlar «Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!» degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.10.2024 yildan kuchga kirdi.

                            Sobir Nurberdiyev