Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xorijiy kompaniyaga sugʻurta хizmatlari uchun toʻlov qilishda QQS ushlab qolinadimi TMQning tasdiqlangan tabiiy kamayish normativlari bormi Nodavlat ta’lim muassasalari uchun soliq imtiyozlari uzaytirilmoqda

Kriminologiya instituti tashkil etildi

18.01.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident 15.01.2024 yilda PF-10-sonli «Jamoat хavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini ilmiy tadqiq qilish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonni imzoladi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etilmoqda, uning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • respublikadagi kriminogen vaziyatga oid chuqur tadqiqotlarni amalga oshirish, jinoyatchilik tendensiyalarini tahlil va prognoz qilish;
  • hududlar kesimida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish  choralarining samaradorligini ilmiy jihatdan baholash, shuningdek qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish orqali jinoyatchilik omillarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish.

 

Institut Ichki ishlar vazirligi tashkiliy tuzilmasiga kiradi va Jamoat хavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

 

Institut rahbari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.01.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev