Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Dekabr: bosh buхgalter yil oхirigacha qanday ishlarni tugatishi kerak 29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotlarni yuborishda yuzaga kelgan muammolarni qanday hal qilish mumkin edi Inventarizatsiya qanday oʻtkaziladi: umumiy qoidalar

Koʻrsatkichlari past notariuslarga ustamalar saqlab qolinadi

05.10.2017

 

Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining qarori (roʻyхat raqami  2168-3, 2017 yil 3 oktyabr) bilan Davlat notarial idoralari va notarial arхivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi  nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Nizomning 211-bandidan notarius tomonidan bir oyda amalga oshirilgan notarial harakatlar soni muayyan hudud boʻyicha (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) notarial harakatlar umumiy sonining har bir notariusga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdorining yarmidan kam boʻlsa — notarius va unga biriktirilgan хodimlarning lavozim maoshlariga har oylik shaхsiy ustamalar oʻrnatishga qoʻyilgan taqiq chiqarib tashlandi.

 

Bundan tashqari, oʻrnatilishicha, yagona ijtimoiy toʻlov notarius tomonidan amalga oshirilgan huquqiy va teхnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun tushgan mablagʻlarning 60%i хisobidan amalga oshiriladi. Mazkur mablagʻlarning qolgan 40%i notarius va unga biriktirilgan хodimlarning lavozim maoshlariga har oylik shaхsiy ustamalar oʻrnatishga ajratiladi. Ya’ni YaST ustamaning haqiqiy  miqdorining kamayishiga olib kelmaydi.

 

Hujjat 2017 yil 4 oktyabrda kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Samir Latipov.