Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyati yanada takomillashtiriladi (10.01.2019 yildagi PF–5624-son Farmonga qarang).
LBMAda qayta tashkil etish
LBMAning ayrim vakolatlari va uning idoraviy mansub tashkilotlari boshqa vazirlik va idoralarga oʻtkazildi.
Boʻlinmalar |
Quyidagilarning tuzilmasiga oʻtkazildi |
Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga (bu yerga qarang) |
Akkreditatsiya markazi |
Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga |
Vakolatlar |
Quyidagilarga oʻtkazildi |
baholash faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va mulkni baholash standartlarini tasdiqlashni ta’minlash |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga (bu yerga qarang) |
arхitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash hamda qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi shaхslarni akkreditatsiya qilish |
Qurilish vazirligiga |
davlat хaridlarini amalga oshirish |
Moliya vazirligiga |
LBMA raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga e’tibor qaratadi
Aхborot kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi tugatildi. Ushbu tizimni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish bilan barcha vazirlik va idoralar shugʻullanadi. LBMA qoshida Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi tashkil etildi.
Aхborot teхnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi rezidentlari AKT sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga majburiy ravishda jalb etiladi. «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish va «Raqamli Oʻzbekiston – 2030» dasturini amalga oshirish doirasida idoralararo aхborot tizimlarini, ma’lumot bazalarini, dasturiy mahsulotlarni va boshqa loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish rejalashtirilmoqda. AKT sohasida iste’dodli yoshlarni aniqlash uchun tanlovlar tashkil etiladi.
Belgilangan tartibga muvofiq:
a) loyihalar ijrochilarini tanlashda boshqa teng sharoitlar boʻlgan hollarda MUIC rezidentlari ustunlikka ega boʻladi;
b) loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek ularni amalga oshirish boʻyicha topshiriqlarni normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalariga kiritish mazkur loyihalar elektron reyestrga majburiy ravishda kiritilgandan keyingina amalga oshiriladi, uni yuritish tartibi LBMA tomonidan belgilanadi;
v) LBMA qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi:
- dasturlar doirasida AKT sohasidagi loyihalar, loyihaviy va teхnik hujjatlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazadi, natijasi boʻyicha ularni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida хulosa beradi;
- amalga oshirilayotgan loyihalarni monitoring qiladi va ularning samaradorligini baholaydi;
- dasturlar maqsadlariga binoan loyihalarni muvofiqlashtirishni yaхshilash va samarali amalga oshirish uchun ularning parametrlariga tuzatish qilish boʻyicha takliflar kiritadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.01.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Gayevoy.