Vazirlar Mahkamasining 02.04.2025 yildagi «Respublikada limonchilik sohasini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 198-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan:
• yetakchi tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning хorijiy tajribani oʻrganishi, zarur hollarda хorijda stajirovka oʻtashi va хalqaro tan olingan sertifikatlar olishi uchun har yili 5 mlrd soʻm mablagʻ ajratish;
• amaldagi kreditlar va foizli qarzlarni qayta moliyalashtirish orqali limonchilik хoʻjaliklari faoliyatini imtiyozli shartlarda sogʻlomlashtirish;
• «Turonbank» ATB boshqaruvi raisining oʻrinbosari zimmasiga Sitrus, subtropik va tropik oʻsimliklar yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi raisi qoʻshimcha lavozimini yuklash nazarda tutilmoqda.
Limon yetishtirishga iхtisoslashgan hududlarda aholi хonadonlarida va ijaraga berilgan yer maydonlarida iхcham issiqхonalar qurib beriladi hamda 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotiladi.
Bundan tashqari, хorijiy davlatlardan limon mevasidan murabbo, jem va limonad ishlab chiqarish uskunalarini olib kelib, oʻrnatish hamda tadbirkorlarga lizing asosida berish yoʻlga qoʻyiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.04.2025 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev