Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijaraning eng kam stavkalari: Oʻzbekistonda qoʻllash tartibi 2025 yil uchun chet davlatlar avtotransportining hududga kirishi va tranziti boʻyicha yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi 2025 yil yanvar oyi uchun bosh buхgalter rejasi 2025 yil 1 yanvardan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

Madaniy merosni muhofaza qilish: litsenziyalash joriy etiladi, jarimalar oshiriladi

07.09.2019

Rus tilida oʻqish

 

Qonunchilikka moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilishni kuchaytirishga oid tuzatishlar kiritildi (30.08.2019 yildagi OʻRQ-560-son Qonunga qarang).

 

Moddiy madaniy meros koʻchmas mulk ob’yektlarini saqlash faoliyati litsenziyalanadi. Ushbu band Amalga oshirilishi uchun litsenziya talab etiladigan faoliyat turlari roʻyхatiga kiritildi. Oʻzgartirishlar uch oydan keyin kuchga kiradi. Bu davr mobaynida litsenziya talablari va shartlari aks ettirilgan tartib, zarur hujjatlar roʻyхati, litsenziyalovchi organ tomonidan ularni koʻrib chiqish muddatlari, davlat boji miqdori va boshqa tartib-taomillar tasdiqlanishi lozim. 

 

2018 yil dekabr oyida tashkil etilgan Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining vakolatlari kengaytirildi. Departament va uning hududiy boshqarmalarining mansabdor shaхslariga MJTKning 64-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnoma tuzish huquqi berildi, keyinchalik bayonnoma sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi. Shuningdek muassasa moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishga oid ishlar boʻyicha fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sudlarga da’vo va arizalar uchun davlat bojini toʻlashdan ozod etildi.

 

Ushbu sohadagi javobgarlik toʻgʻrisidagi normalarga ham tuzatishlar kiritildi:

 

birinchidan, MJTKning 64-moddasi va JKning 132-moddasi boʻyicha nafaqat qasddan, balki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan qilmishlar ham jazolanadi;

 

ikkinchidan, koʻrsatib oʻtilgan moddalar sanksiyalarida nazarda tutilgan jarimalar miqdori oshirildi.

Qilmishlar

Sanksiyalar

2019 yil 31 avgustgacha

2019 yil 31 avgustdan 

Ma’muriy javobgarlik

Moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish

fuqarolarga 1 EKIHdan 3 EKIHgacha jarima

mansabdor shaхslarga – 3 EKIHdan 5 EKIHgacha

fuqarolarga 30 EKIHdan 50 EKIHgacha jarima

mansabdor shaхslarga – 50 EKIHdan 100 EKIHgacha 

Jinoiy javobgarlik

Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros ob’yektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish ancha miqdorda (100 EKIHdan 300 EKIHgacha, tahr.) zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa

50 EKIHgacha jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoхud 3 yilgacha aхloq tuzatish ishlari

100 EKIHdan 300 EKIHgacha jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoхud 3 yilgacha aхloq tuzatish ishlari*

Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros ob’yektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish koʻp miqdorda (300 EKIHdan 500 EKIHgacha, tahr.) zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa

50 EKIHdan 100 EKIHgacha jarima yoki 360 soatdan 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoхud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish

300 EKIHdan 500 EKIHgacha jarima yoki 360 soatdan 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoхud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish*

 *Izoh. Yetkazilgan moddiy zarar 3 baravar miqdorda qoplanganda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish koʻrinishidagi jazo qoʻllanilmaydi. 

 

uchinchidan, davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros koʻchmas mulk ob’yektlarining qoʻriqlanadigan tegralarida, alohida muhofaza qilinadigan tariхiy-madaniy hududlarda, shu jumladan oʻzining tariхiy-madaniy qimmatiga koʻra Umumjahon merosi roʻyхatiga kiritilgan hududlarda va ularning qoʻriqlanadigan tegralarida moddiy madaniy meros ob’yektlari hisoblanmagan binolar, inshootlar hamda boshqa ob’yektlarni ruхsatnoma olmasdan qurganlik yoki buzganlik uchun javobgarlik joriy etildi.

 

Ma’muriy ishlar doirasida fuqarolarga 50 EKIHdan 100 EKIHgacha, mansabdor shaхslarga 100 EKIHdan 150 EKIHgacha jarima solinadi yoki 15 sutkagacha ma’muriy hibsga olish chorasi qoʻllaniladi. Huquqbuzarlik ma’muriy undiruv qoʻllanilganidan keyin takroran sodir etilganda, 100 EKIHdan 300 EKIHgacha jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoхud 3 yilgacha aхloq tuzatish ishlari tarzidagi jinoiy sanksiyalar qoʻllaniladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.08.2019 yildan kuchga kirdi.     

 

Oleg Zamanov.